Zidan nima uchun “Real”ni boshqarish taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
04 may 3000 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya milliy terma jamoasi bilan bog‘liq rejalari tufayli Madrid jamoasini yana boshqarish taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Zidan 2025 yil dekabr oyida — Xabi Alonso iste’foga chiqishidan avval — “Real Madrid”ni uchinchi bor boshqarish taklifini olgan. Biroq Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish uchun bu taklifni rad etgan.
Ma’lumot uchun, 53 yoshli Zidan “Real Madrid”ni ikki marta (2016–2018, 2019–2021) boshqargan. Uklub bilan uch bor UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, uning qo‘l ostida jamoa ikki martadan Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogi, yana ikki martadan UEFA Superkubogi hamda bir bor Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq insayder Fabritsio Romano Zidan Fransiya milliy terma jamoasi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandi.
Live
Barchasi