Jizzaxda bosqinchilik bilan shug‘ullangan jinoiy to‘da qo‘lga olindi
3-sahifa
−
03 iyun
10386Jizzax viloyatida bosqinchilik bilan shug‘ullangan jinoiy to‘da aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent-Termiz M-39 yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tgan qismida uch nafar fuqaro – ikki nafari 36 yoshli, biri 41 yoshli – Gazel rusumli avtomashinaning oynasini sindirib, haydovchisini temir bo‘lagi bilan urgan va unga jarohat yetkazgan. Bosqinchilar haydovchiga tegishli bo‘lgan 350 ming so‘m pul va uyali aloqa vositasini olgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Murojaat asosida tezkor qidiruv ishlari amalga oshirilgan va natijada ayblanuvchilardan birining shaxsi va ularning Cobalt rusumli mashinada harakatlanayotganligi ma’lum bo‘lgan. Avtoulov kuzatuvga olinib, Navoiy viloyatida ushlangan. Tekshiruvlar davomida mazkur shaxslar Zarbdor tumanida ham oziq-ovqat do‘konining oynasini sindirib, u yerdan televizor, noutbuk va bir million so‘m miqdoridagi mahsulotlar o‘margani aniqlangan.
“Holat yuzasidan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi