Jizzaxda 3,2 kg “marixuana” sotayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida olib borilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida 2 nafar giyohfurush qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navro‘z” MFYda yashovchi 2006 va 2007 yillarda tug‘ilgan Sh.X. va J.M.lar “Manas” MFY hududida xaridorga 3 kilogramm 222 gramm og‘irlikdagi “marixuana”ni 5 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda viloyatida 5 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax marixuana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing