Jastin Biber Jahon chempionati finalida chiqish qiladi
Sport
−
11:21 712 1 daqiqa
Kanadalik xonanda Jastin Biber 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali tanaffusida sahnaga chiqadi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Biber final tanaffusida chiqish qiladigan ijrochilar safiga qo‘shilgan. Avvalroq ushbu dasturda amerikalik xonanda Madonna, kolumbiyalik Shakira hamda Janubiy Koreyaning BTS pop guruhi ishtirok etishi aytilgan edi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Turnir 19 iyul kuni yakunlanadi. Final uchrashuvi AQSHning Nyu-Jersi shtati Ist-Raterford shahridagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda turnir chorak final bosqichiga yetib kelgan bo‘lib, Fransiya, Marokash, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya, Angliya, Argentina va Shveysariya terma jamoalari Jahon chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Live
Barchasi