Japarov FVVga yana yangi vazir tayinladi
Olam
−
11:34 2408 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezident Sadir Japarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari lavozimiga Qanotbek Chinniboyevni tayinladi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qanotbek Chinniboyev Favqulodda vaziyatlar sohasidagi boshqaruv ishlarida tajribaga ega bo‘lib, bunga qadar vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Sadir Japarov Chegara xizmati tizimida bir qator kadr o‘zgarishlari bo‘yicha farmonlar imzoladi. Unga ko‘ra, Marat Maralbayev Chegara xizmati direktorining birinchi o‘rinbosari va Bosh shtab boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Mirzamir Sidiqov tayinlandi. U bugun, 11 martdan boshlab Chegara xizmati raisining birinchi o‘rinbosari va bosh shtab boshlig‘i hisoblanadi.
Bundan tashqari, farmonga muvofiq Doniyor Sotimov va Mansur Isoqov Chegara xizmati raisining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda yangi tayinlangan FVV rahbari Urmatbek Shamirkanov egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.
Prezident matbuot kotibi yangi vazir nima uchun tayinlanganiga hali bir oy ham bo‘lmay turib ishdan olinganiga izoh berar ekan, bunga uning avvalroq vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab yurgan kezlarida pora olganlikda gumon qilinayotgani sabab bo‘lganini aytgan.
Live
Barchasi