Janubiy Koreyada tug‘ilishni oshirish uchun ish haftasini qisqartirish taklif qilindi

Olam

image

Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon tug‘ilishni oshirish uchun ish vaqtini qisqartirish va 4 kunlik ish haftasiga o‘tish orqali tug‘ilishni ko‘paytirishni taklif qildi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, u misol tariqasida “Uzoq davom etadigan ish vaqti yoshlarning karera va oilani birlashtirishiga to‘sqinlik qiladi” nomli tadqiqotni keltirgan.

Unda janubiy koreyaliklar yiliga o‘rtacha 1874 soat ishlashi ko‘rsatilgan. Bu – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 130 soatga ko‘pdir.

Shu munosabat bilan mamlakatda 2030 yilgacha ish vaqtini haftasiga 40 soatdan 36 soatga qisqartirish, kelgusida esa mehnat haqini kamaytirmagan holda 4 kunlik ish haftasini joriy etish rejalashtirilgan.

Hozir Janubiy Koreya hukumati islohotlar rejasi va kompaniyalar uchun subsidiyalar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzyapti.

Kasaba uyushmalari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni “demografik inqirozni hal qilishning yagona kaliti” deb atagan. Biznes vakillari esa iqtisodiyot uchun xavf haqida ogohlantirgan. Xususan, Koreya banki yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini 0,8 foizga tushirdi, bu 1998 yilgi Osiyo inqirozidan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya dunyoda tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan mamlakat. Bu mamlakatda har bir ayolga o‘rtacha 0,75 bola to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada 2014 yildan beri birinchi marta tug‘ilish ko‘rsatkichi oshib, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatda 220 ming bola tug‘ilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘pdir. 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya tug'ilish ish vaqti Li Chje Myon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing