Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Jangimni marhum qizimga bag‘ishlayman – Shahram G‘iyosov

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov marhum qiziga chempion bo‘lishni va’da bergani haqida gapirdi. Bu haqda u “Matchroom Boxing” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Men bo‘lajak jangimni qizimga bag‘ishlayman. Albatta, uning vafoti qayg‘uli. Uni juda yaxshi ko‘rardim, uni hamon sog‘inyapman. Qizimga va ota-onamga chempion bo‘laman deb va’da berganman”, deydi G‘iyosov.

Yarim o‘rta vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Shahram G‘iyosov hozirgacha professional boksda 16 ta jangda ishtirok etgan va barcha jangida g‘alaba qozongan.

G‘iyosov navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan ertaga, 13 aprel kuni Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida, G‘iyosovning 2 yoshli qizi joriy yilning 19 mart kuni vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, G‘iyosov ertangi jangi oldidan “nigohlar to‘qnashuvi”da ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov professional boks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing