Jahon chempionati pley-offining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
28 iyun 17590 2 daqiqa
AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichi yakunlandi va pley-offning 1/16 final bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa ma’lum bo‘ldi.
Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar orasidan Janubiy Koreya, Shotlandiya, Urugvay va Eron eng yaxshi sakkizlikdan joy ololmadi va musobaqa bilan xayrlashdi.
1/16 final juftliklari:
- 28 iyun: Janubiy Afrika — Kanada (Los-Anjeles);
- 29 iyun: Germaniya — Paragvay (Boston);
- 29 iyun: Braziliya — Yaponiya (Xyuston);
- 29 iyun: Niderlandiya — Marokash (Monterrey);
- 30 iyun: Fransiya — Shvetsiya (Nyu-York);
- 30 iyun: Kot-d’Ivuar — Norvegiya (Dallas);
- 30 iyun: Meksika — Ekvador (Mexiko);
- 1 iyul: AQSH — Bosniya va Gersegovina (San-Fransisko);
- 1 iyul: Belgiya — Senegal (Sietl);
- 1 iyul: Angliya — Kongo DR (Atlanta);
- 2 iyul: Portugaliya — Xorvatiya (Toronto);
- 2 iyul: Ispaniya — Avstriya (Los-Anjeles);
- 2 iyul: Shveysariya — Jazoir (Vankuver);
- 3 iyul: Argentina — Kabo-Verde (Mayami);
- 3 iyul: Avstraliya — Misr (Dallas);
- 3 iyul: Kolumbiya — Gana (Kanzas-Siti).
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi mundial tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida uch mamlakat — AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Musobaqa nizomiga ko‘ra, har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni band etgan sakkizta eng yaxshi terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-turida Kongo Demokratik Respublikasiga 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Live
Barchasi