Zelenskiy “Zolimni o‘ldirish” nomli kitobni sotib oldi (video)
Olam
−
31 may 2025 4859 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va birinchi xonim Yelena Zelenskaya kecha, 30 iyun kuni Kiyevda o‘tayotgan “Kitob Arsenali” kitob yarmarkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Suspіlne Kultura” xabar berdi.
Tashrif chog‘ida ular “Anetta Antonenko” nashriyoti tomonidan chop etilgan, muallifi Aldo Andrea Kassi bo‘lgan “Zolimni o‘ldirish. Sezardan Qazzofiygacha zolimlarga qarshi kurash tarixi” nomli kitobni xarid qilgan.
Kitobni sotib olayotganda sotuvchi Zelenskiyga hazil aralash shunday degan: “Ushbu kitobni ukrain tilida yozib tugating”.
Ma’lumot uchun, mazkur asar antik davrdan to 2021 yilgacha bo‘lgan davrda zulm va zolimlarga qarshi kurash haqida hikoya qiladi. So‘nggi bo‘limda muallif Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy raisi Si Szinpin, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In haqida yozgan.
Zelenskiylar yarmarka davomida bir nechta nashriyotlar stendlarini ko‘zdan kechirgan va oldingi saflarda xizmat qilayotgan harbiylarga topshirish uchun bir nechta kitoblar xarid qilgan.
Xususan, “Vivat” nashriyotidan ular quyidagi kitoblarni tanlagan:
- Yuriy Yanovskiyning “Kema ustasi”;
- Enn Napolitanoning “Sevimli Edvard”;
- Yuriy Sherbakning “Qiyomat kuni quroli”;
- artbuk – “SKOVORODANCE. Baxtli odamlar doirasi”.
“Ababagalamaga” nashriyoti esa Prezident juftligiga Oksana Stominaning “Mariupol panagohlaridagi lirikalar” kitobini sovg‘a qilgan.
Bundan tashqari, “Bilka” nashriyotidan ular Tamara Gorixa Zernyaning “Shivirlovchi” (ukrain tilida “Sheptuxa”) nomli kitobini xarid qilgan.
Live
Barchasi