Zelenskiy va Tramp Rim papasining ta’ziyasida uchrashdi

Olam

image

Bugun, 26 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH rahbari Donald Tramp Rim papasi Fransiskning dafn marosimidan oldidan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Bildirilishicha, ikkala tomon vakillari ham davlat rahbarlarining uchrashuvini tasdiqlagan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan qisqa bo‘lsada, manfaatli uchrashuv o‘tkazgan.

“Yaxshi uchrashuv. Yakkama-yakka turib ko‘p narsalar gaplashib olindi. Barcha nutqlarning natijasini kutamiz. Halok bo‘layotganlar va yaralanayotganlar ko‘payib borishi telbalikdan boshqa narsa emas”, deya post va surat qoldirgan Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv ko‘proq ramziy ma’noga ega bo‘lgan va agar yetarli natijalarga erishilsa, u tarixiy salohiyatga ega bo‘lashi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, Rim papasi Fransisk joriy yilning 21 aprel kuni 88 yoshida insult sabab Vatikandagi qarorgohida vafot etgandi. Uning dafn marosimi bugun, 26 aprel kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida 200 mingga yaqin inson bilan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni imkon qadar tezroq noyob metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga chaqirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Frantsisk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing