Zelenskiy xavfsizlik va mudofaa uchun byudjet xarajatlarini 10,5 milliard dollarga oshirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik va mudofaa xarajatlarini 386,9 milliard grivna (10,5 milliard dollar)ga oshirib, mamlakat byudjetiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Oliy Rada saytida xabar qilinganidek, bu milliy xavfsizlik va mudofaa sohasidagi “tezkor vazifalar”ni amalga oshirish imkonini beradi. 

“Davlat byudjeti mablag‘larining ayrim asosiy boshqaruvchilari – milliy xavfsizlik va mudofaa sektori sub’ektlari uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lari 386 9 milliard grivnaga (10,5 milliard dollar) ko‘paydi”, deyiladi hujjatda. 

Avvalroq Oliy Rada deputati Ukraina o‘zining yillik byudjetini to‘liq sarflab bo‘lganini aytgandi. Unga ko‘ra, 24 fevraldan 15 oktyabrgacha 1 434,9 milliard grivna (38,7 milliard dollar) sarflangan. Ularning 42,2 foizi yoki 605 milliard grivnasi (16,3 milliard dollar) ish haqi, 21 foizi yoki 301,4 milliard grivnasi (8,1 milliard dollar) aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflangan. 

Byudjetning 13 foizi harbiy texnika, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar, mudofaa mahsulotlari xarid qilishga, 6 foizi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishga, 5,7 foizi davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga va 5,6 foizi mahalliy byudjetlarga transfertlarga yo‘naltirildi.

Joriy yilning 18 oktyabr kuni parlament Ukraina hukumatining xavfsizlik blokiga sarflanadigan xarajatlarni 387 milliard grivna (10,5 milliard dollar)ga oshirib, byudjetni qayta ko‘rib chiqish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Hukumat qo‘shimcha mablag‘larning katta qismini Mudofaa vazirligiga – 365,2 milliard grivna (9,9 milliard dollar) yuborishni taklif qildi. Ichki ishlar vazirligiga 12,9 milliard grivna (349 million dollar), Ukraina Xavfsizlik xizmatiga 3,7 milliard grivna (10 million dollar), Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasiga 3,2 milliard grivna (8,7 million dollar), Davlat maxsus aloqa xizmati – 1,3 milliard grivna (3,5 million dollar), Tashqi razvedka xizmati – 45 million grivna (1,2 million dollar).

Iyul oyida Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatning harbiy xarajatlari fevral oyidan beri o‘n baravar ko‘payganini, ya’ni oyiga 13 milliard grivnadan (352 million dollar) 130 milliard grivnaga (3,5 milliard dollar) oshganini aytdi. Ikki hafta oldin Oliy Rada tomonidan qabul qilingan Ukrainaning 2023 yilgi byudjeti loyihasiga ko‘ra, kelasi yilda xavfsizlik va mudofaa uchun sarflanadigan xarajatlar to‘rt barobardan ko‘proq oshib, 1,136 trillion grivna (30 milliard dollar)ni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing