Zelenskiy AQSHga Ramzan Qodirovni ham qo‘lga olishni taklif qildi (audio)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH hukumatiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham xuddi Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro kabi hibsga olinishi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 7 yanvar kuni jurnalistlar bilan Prezident ofisidagi muloqotda to‘xtalgan.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda amerikaliklar bilan diplomatik aloqalar samarali ishlamoqda.

“Amerika bilan ijobiy natijalar bor, ammo hali oxirigacha yetkazilmagan. Ular Rossiyaga bosim o‘tkazishi kerak. AQSHda buni amalga oshirish uchun harbiy salohiyat yetarli va ular buni qila oladi. Eng muhimi, Ukraina ular uchun ustuvor bo‘lishi kerak”, degan Ukraina rahbari. 

Shuningdek, Vladimir Zelenskiy Oq uy ma’muriyati Rossiyaga bosim o‘tkazishning turli xil usullarini, jumladan Checheniston rahbarini qo‘lga olish missiyasini sinab ko‘rish kerakligini aytgan. 

“Mana masalan, Maduro bilan bog‘liq misolni oling. Operatsiya o‘tkazildi. Natijasini hamma, butun dunyo ko‘rdi. Juda tez amalga oshirildi. Xo‘sh, nega endi Qodirov bilan – o‘sha qotil bilan – qandaydir operatsiya o‘tkazmaslik kerak? Balki shunda Putin buni ko‘rib, o‘ziga kelib qolar”, degan u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH kuchlari tomonidan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilgan edi. Hozirda ular Nyu Yorkdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda. Er-xotinga narkotiklarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq turli aybovlar qo‘yilgan. Biroq ular bu ayblovlarni rad etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ramzan Qodirov Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing