Yoxannesburgda ommaviy otishma sodir bo‘ldi. O‘nlab qurbonlar bor

Olam

image

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridagi Klivlend hududida sodir bo‘lgan ommaviy otishma oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 9 kishi jarohat olgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Hodisa kecha, 9 iyun kuni kechasi mahalliy vaqt bilan taxminan 23:10 atrofida yuz bergan. Favqulodda xizmatlar “otishma davom etmoqda”, degan chaqiruvdan so‘ng tezda voqea joyiga yetib borgan.

Politsiya bayonotida aytilishicha, 10 dan ortiq qurollangan shaxs oq rangli Toyota Quantum mikroavtobusi orqali hududga borgan. Ular norasmiy aholi punktiga ikki kirish yo‘li orqali kirib, ichida turli nuqtalarda aholiga qarata o‘q uzgan, so‘ngra o‘sha transport vositasida qochib ketgan.

Voqea joyida 8 erkak va 3 ayol halok bo‘lgan, yana bir erkak shifoxonada vafot etgan. Jarohat olgan 9 kishi turli tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Hozircha hujum sababi aniqlanmagan. Politsiya gumonlanuvchilarni qidirish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Ayova shtati, Maskatin shahrida sodir etilgan otishma oqibatida olti kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing