Yeyskda qiruvchi samolyot halokatining asosiy sababi ma’lum qilindi

Olam

image

Kecha, 17 oktyabr kuni Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahrida harbiy samolyotning to‘qqiz qavatli binoga qulashiga uning texnik sabab bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Hozirda tergov samolyotning texnik nosozligini qulashning asosiy versiyasi sifatida ko‘rib chiqmoqda”, deyiladi xabarda. 

Agentlik samolyot halokatini parvoz qoidalarini buzish sifatida baholadi. 

“Rossiya Tergov qo‘mitasining Bosh harbiy tergov boshqarmasi Yeysk shahrida Su-34 samolyoti halokati fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 351-moddasi (“Parvoz qoidalarini yoki ularga tayyorgarlik ko‘rishni buzish”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda. 

Tergovchilar uchuvchilarni so‘roq qilishmoqda. 

“Tergov davomida uchish aerodromida yonilg‘i namunalari hamda zarur hujjatlar olib qo‘yildi. Samolyotdan (katapult – tahr.) sakrashga muvaffaq bo‘lgan uchuvchilar hamda aerodrom xodimlari so‘roq qilinmoqda. Hodisa joyidan registratorlar olib qo‘yilib, ekspertiza tayinlangan”, deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 oktyabr kuni kechqurun Yeyskda Su-34 bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi, uchuvchilar samolyotdan (katapult – tahr.) sakrashga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot to‘qqiz qavatli bino ustiga qulagan va bu kuchli yong‘inni boshlagan. 

Keyinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin vazirlar va mintaqa rahbarining vaziyat yuzasidan hisobotini tinglab, Yeyskda harbiy samolyot qulashi oqibatida jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishni topshirdi. 

Ushbu halokat sabab 13 kishi qurbon bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eysk

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing