Yevropa yetakchilari Ukraina masalasida yana AQSHga boradi
Olam
−
08 Sentabr 3809 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Yevropaning alohida yetakchilari Rossiya-Ukraina urushini qanday hal etishni muhokama qilish uchun bugun, 8 sentyabr yoki ertaga, 9 sentyabr kuni AQSHga borishini aytdi. Bu haqda u kecha, 7 sentyabr kuni Nyu-York shahridagi US Open turniridan qaytgach, jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.
Tramp tez orada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham bilan gaplashishini aytdi.
“Yevropaning ayrim yetakchilari dushanba yoki seshanba kuni yakka tartibda mamlakatimizga kelishadi”, dedi Tramp.
Tramp kimni nazarda tutayotgani noma’lum, Oq uy esa qo‘shimcha tafsilotlar so‘roviga darhol javob bermadi.
Jurnalistlar kecha, 7 sentyabr kuni tunda Rossiyaning ommaviy havo hujumi haqida, Kiyevdagi asosiy hukumat binosiga o‘t qo‘ygani haqida so‘ragach, Tramp Rossiya-Ukraina urushi holatidan “hursand emas”ligini qo‘shimcha qildi. Ammo u urush tez orada hal qilinishiga yana bir bor ishonch bildirdi.
“Rossiya-Ukrainadagi vaziyat, biz buni hal qilamiz”, dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Yevropa yetakchilari Oq uyda Ukraina masalasida uchrashgandi.
Live
Barchasi