Yevrokomissiya Rossiyani terrorizmda aybladi

Olam

image

Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari terrorchilik harakatidan boshqa narsa emas. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Strasburgdagi Yevroparlament sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga, asosan energetika ob’ektlariga maqsadli hujumlar uyushtirmoqda. 

Yevrokomissiya rahbari Rossiyaning so‘nggi harakatlarini harbiy mojaroning “yangi sahifasi” deb atadi. 

“Nima bo‘layotgani juda aniq. Urush jinoyatlari mavjud. Kommunikatsiyalarni vayron qilish uchun fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar, qishda suv, elektr va issiqlik ta’minotidagi uzilishlar... Bular sof terrorchilik harakatlaridir. Buni shunday atash kerak”, fon der Lyayen. 

Bir kun avval Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 10 oktyabrdan beri Rossiya zarbalari oqibatda elektr stansiyalarining 30 foizi ishdan chiqqanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlar butun Ukraina bo‘ylab elektr ta’minotida ommaviy uzilishlarga olib keldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing