YeI O‘zbekistonning ikki kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 20-paketi doirasida O‘zbekistonning paxta sellyulozasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ikki kompaniyasiga nisbatan cheklovlar kiritdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashining “EI rasmiy jurnali”da e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Bildirilishicha, Farg‘ona paxta sellyulozasi kimyoviy zavodi va Jizzaxdagi “Raw Materials Cellulose” kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. 

Hisobotda aytilishicha, Farg‘onadagi kimyo zavodi Qozon va Permga, Jizzaxdagi korxona esa Tambovga porox zavodlari uchun sellyuloza yetkazib bergan.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, 24 aprel holatiga Farg‘ona kimyo zavodining 100% aksiyalari “Mercury Insurance” kompaniyasiga tegishli.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketiga Farg‘ona kimyo zavodi Perm porox zavodi va Qozon davlat porox zavodiga paxta sellyulozasini yetkazib bergani uchun korxona rahbari Rustam Mo‘minovga cheklovlar o‘rnatgan edi. Dekabr oyida esa Mo‘minov Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi

“Raw Materials Cellulose” korxonasining ustav fondidagi 25 foizlik ulushlar Larisa Bikova, Bobur Qobulniyozov, A’zamjon Valixonov va Ma’murjon Alimovga tegishli.

Yevropa Kengashining qayd etishicha, 20-sanksiyalar paketi Rossiya Federatsiyasiga uchinchi mamlakatlardan muhim yuqori texnologiyali tovarlar yetkazib berishni kamaytirishga qaratilgan.

“Xususan, Yevropa Ittifoqi Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarusdagi, Rossiya harbiy-sanoat majmuasi uchun ikki xil maqsadda qo‘llanadigan tovarlar yoki qurol-yarog‘ yetkazib bergan 16 ta tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi”, deyiladi Yevrokengash bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Yevropa Ittifoqi sanksiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing