Yarim yilda Rossiyadan 2,8 ming nafar migrant quvildi

Olam

image

Joriy yilning birinchi yarmida Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming kishi deportatsiya qilingan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi davrga (2,4 ming) nisbatan 17 foizga ko‘p. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Idora bayonotiga ko‘ra, hukumat noqonuniy migrantlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi choralarni kuchaytirgan. Joriy yilning birinchi yarmida migratsiya sohasida 587,8 mingta huquqbuzarlik aniqlangan (+16,7 foiz), jumladan, noqonuniy yashash (+27,9 foiz) va bozorlar orqali ishga joylashishda qoidabuzarliklar (+52,5 foiz).

Shuningdek, IIV vaqtincha yashash ruxsatnomasi va yashash guvohnomasini berishni ham sezilarli darajada qisqartirgan. Birinchi yarim yillikda berilgan vaqtincha yashash ruxsatnomalari soni 31,6 foizga kamayib, 16,6 mingni, yashash guvohnomasi esa 32,2 foizga kamayib, 80,1 mingni tashkil qilgan. Bundan tashqari, shu davrda 791 kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan.

Shu bilan birga, xorijliklarning mehnat faoliyati bo‘yicha bildirishnomalar soni oshgan. Patentlar bo‘yicha – 30,1 foizga oshib, 1,2 millionga, mehnat ruxsatnomalari bo‘yicha esa – 64,2 foizga oshib 70,7 mingga yetgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaga vizasiz boradigan migrantlar patent asosida ishlasa, viza orqali boradigan migrantlar mehnat ruxsatnomasi bilan ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi 2026 yilda ish joylarida mehnat migrantlari ulushini kamaytirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Xususan, qurilish sohasida migrantlar ulushini keyingi yilda 50 foizdan oshirmaslik (2025 yilda bu ko‘rsatkich 80 foizgacha) taklif etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing