Yaponiyada 170 dan ortiq bino yonib ketdi
Olam
−
19 noyabr 3607 2 daqiqa
Kecha, 18 noyabr kuni Yaponiya janubidagi qirg‘oq shaharlardan birida kuchli yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in hali ham to‘liq o‘chirilmagan. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tokiodan qariyb 770 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Oita prefekturasining Saganoseki tumanida 18 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:40 da yong‘in sodir bo‘lgani haqida Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligiga xabar kelib tushgan.
Yong‘in qisqa vaqt ichida ro‘y berib, 170 dan ortiq binoni qurshab olgan. Kuchli alangadan qo‘rqqan mahalliy aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar ham bor.
Mahalliy teleradiokompaniyalar tomonidan havodan olingan kadrlarda vayronaga aylangan uylar, S brendi bilan mashhur bo‘lgan baliq ovlash bandargohi tomonidagi tepaliklardan ko‘tarilayotgan qalin tutun aniq ko‘rinadi.
Ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, yong‘in atrofdagi o‘rmon yonbag‘irlariga ham tarqalgan. Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi Oita prefekturasi gubernatori so‘roviga ko‘ra, yong‘inni nazoratga olish uchun harbiy o‘t o‘chirish vertolyoti jalb etilganini ma’lum qilgan.
Hozirda favqulodda xizmatlar yong‘inning kelib chiqish sabablariga oid barcha tafsilotlarni o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni ertalab Qozog‘istonning Turkiston viloyati Algabas qishlog‘i Jetisay tumanidagi ikki qavatli xususiy turarjoy binosida yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, ulardan 9 nafari esa yosh bolalar.
Qobilova Komila
Live
Barchasi