Yaponiya futbolchisi yo‘lovchini urib yubordi
Sport
−
10 iyul 1214 1 daqiqa
“Brayton” klubining yaponiyalik qanot hujumchisi Kaoru Mitoma Tokioda velosipedda ketayotgan 48 yoshli ayolni urib yubordi. Bu haqda “Japan Times” xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 8 iyul kuni ertalab Tokio shahrining Itabashi tumanida sodir bo‘lgan. Futbolchining agentining ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli Mitoma yo‘lda yetarlicha ehtiyotkor bo‘lmagan.
Hodisadan so‘ng futbolchi jabrlangan ayolning ahvolidan xabar olgan va politsiya xodimlarining barcha ko‘rsatmalariga amal qilgan.
Ma’lum qilinishicha, politsiya dastlabki tekshiruvlar davomida Mitoma qizil chiroqqa harakatlangan bo‘lishi mumkin, degan taxminni o‘rganmoqda.
Jabrlangan ayol turli yengil tan jarohatlari olgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan. Shifokorlar uning to‘liq tiklanishi uchun taxminan ikki hafta kerak bo‘lishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Mitoma mavsum davomida bir qator jarohatlar, jumladan may oyida olgan shikastlanishi sababli Yaponiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmagan edi. U 2021 yildan buyon milliy terma jamoa safida to‘p surib kelmoqda va 31 uchrashuvda 9 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya terma jamoasi esa 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Braziliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Live
Barchasi