Braziliya so‘nggi daqiqalarda Yaponiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi
Sport
−
30 iyun 7753 1 daqiqa
Bugun, 29 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final bahsida Braziliya terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, nimchorak final bosqichga yo‘l oldi.
Uchinchi daqiqalargacha dramatik ruhda kechgan uchrashuvda yaponlar hisobni 20-daqiqada Kayshu Sano goli bilan ochishdi. Braziliya esa ikkinchi bo‘limda javob qaytardi. 56-daqiqada Kazemiro hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+6-daqiqada Gabriel Martinelli g‘alaba golini kiritdi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichida Braziliya “C” guruhida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Yaponiya “F” guruhida ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan edi.
Endi Braziliya 1/8 finalda Norvegiya – Kot-d’Ivuar uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs joriy yilning 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, Braziliyaning keyingi pley-off o‘yini esa 5 iyul kuniga belgilangan.
Live
Barchasi