Yangi zilzila qurbonlari soni ortdi

Olam

image

Joriy yilning 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna tumanida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 6 kishiga, jarohatlanganlar soni 562 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lumotlariga tayanib, “TRT Haber” ma’lum qildi. 

“Qidiruv-qutqaruv xizmatlari xodimlari o‘z joylarida. Hatayda qulagan 5 ta bino vayronasida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda”, deydi Sulaymon Soylu.  

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri fuqarolarni shikastlangan bino va inshootlarga kirishlarini qat’iyan taqiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 20 fevraldagi zilziladan so‘ng yana 90 ta kichik magnitudali yer silkinishlari kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna va Samandag‘ tumanlarida 6,4 va 5,8 magnitudali 3 daqiqalik interval bilan ikkita yer silkinishi sodir bo‘lgan edi. 6,4 magnitudali zilzila epimarkazi Turkiyaning Antakya shahridan 9 kilometr, Suriyaning Latakiya shahridan 75 kilometr uzoqlikda joylashgan. Seysmologlarning tahlillariga ko‘ra, Livan, Suriya, Isroil va Kiprda ham yer silkinishlari sezilgan. 

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing