Yana bir “Real” a’zosi faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
14 iyun 2023 6028 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi a’zosi Mariano Dias Saudiya Arabistoniga o‘tsa, yiliga taxminan 7 million yevro ishlab olishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Ayni damda 7 million yevrolik taklif “Real” hujumchisi uchun eng foydalisi bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, Marianoga asosiy da’vogar “Ash-Shabab” klubi hisoblanadi. Shuningdek, “Al-Fateh” klubi ham uni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
29 yoshli Mariano Dias joriy mavsum “Real” safida La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 2016 yildan buyon “qirollik klubi”ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Futbolchi 2017 yildan 2019 yilgacha Fransiyaning “Lion” klubida ijara asosida to‘p tepdi. “Transfermarkt” portali uning qiymatini 2,5 milllion yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid superklubining yana bir a’zosi Karim Benzema Saudiyaga ko‘chib o‘tgandi. 35 yoshli fransiyalik futbolchi “Al-Ittihod” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr