YAIM hajmi eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
26 noyabr 2021 4952 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahrida yalpi ichki mahsuloti hajmi 87,8 trillion so‘mni tashkil qilib, hududlar kesimida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, so‘nggi 9 oyda joriy narxlarda hududlarning YAIM hajmi quyidagicha:
- Toshkent shahri — 87,8 trln. so‘m;
- Toshkent viloyati — 57,2 trln. so‘m;
- Navoiy viloyati — 42 trln. so‘m;
- Samarqand viloyati — 37,8 trln. so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 33,6 trln. so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 31,7 trln. so‘m;
- Andijon viloyati — 30,4 trln. so‘m;
- Buxoro viloyati — 27,4 trln. so‘m;
- Namangan viloyati — 24,1 trln. so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 21,4 trln. so‘m;
- Xorazm viloyati — 18,9 trln. so‘m;
- Qoraqalpog‘iston R. — 18,1 trln. so‘m;
- Jizzax viloyati — 15,9 trln. so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 11 trln. so‘m.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,9 foizni, jumladan, sanoat – 109,0 foizni, xizmatlar – 107,6 foizni, qishloq xo‘jaligi – 104,2 foizni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi hajmi 167,0 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 109,8 foizga o‘sgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025