YHXX boshqarmalarida maktablar bilan ishlovchi yangi lavozim joriy etildi

Jamiyat

−

image

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, maktablarda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etiladi.

2022 yil 1 sentyabrdan “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bog‘cha tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilarga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror bilan “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubini tashkil etish va “Yashil chiroq” musobaqasini o‘tkazish tartiblari tasdiqlandi. Klubga 9-11-sinf o‘quvchilari a’zo bo‘lishi mumkin.

“Yashil chiroq” musobaqasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing