WBO Aleksandr Usikka kamarini himoya qilishini buyurdi
Sport
−
13 mart
2152Butunjahon boks tashkiloti (WBO) ukrainalik chempion Aleksandr Usik uchun majburiy raqib qilib Jozef Parkerni tayinladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har ikki bokschining rasmiylari yaqin 30 kun ichida jang o‘tkazish bo‘yicha kelishib olishlari shart.
Ma’lumot o‘rnida, Jozef Parker so‘nggi jangida xitoylik Chjan Chjileyga qarshi bahsda g‘alaba qozondi. Usik esa oxirgi jangini 2024 yilning dekabrida o‘tkazgan va o‘shanda Tayson Fyurini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, toifaning mutlaq jahon chempionligini o‘zida saqlab qoldi.
LiveBarchasi