Vandalizm! – Toshkent Afg‘onistonda Navoiy haykali vayron qilinishiga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
16 fevral 2023
23299O‘zbekiston Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykali vayron qilinishini vandalizm deb atadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining Matbuot kotibi Axror Burxonovning bayonotida aytilgan. U Twitter’da e’lon qilindi.
“Afg‘onistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qayg‘u bilan qabul qildik. Ushbu masala yuzasidan diplomatlarimiz Afg‘oniston vakillari bilan bog‘landi. Ularning ta’kidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik do‘stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan muvaqqat hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati natijasi bo‘lib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi. Afg‘oniston vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish choralarini ko‘rishini ma’lum qildilar”, deb yozgan Burxonov.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Afg‘oniston vakillariga tayanib, Navoiy haykalini begona kishilar vayron qilganini aytgan. Biroq, “Independentpersian.com” nashrining yozishicha, bu aynan “Tolibon”ning qilmishi va guruh mamlakatda haykallarga nisbatan budparastlikka qarshi g‘oyalar bilan munosabatda bo‘lmoqda.
“Tolibon”ning Afg‘onistondagi tarixiy va madaniy ramzlari bilan uzoq yillik adovatining davomi sifatida 7 fevral kuni Mozori Sharif shahrida Temuriylar davrining mashhur siyosatchisi, shoiri va olimi Mir Alisher Navoiy haykalini buzib tashladilar”, deb yozgan nashr.
LiveBarchasi