Van Deyk “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirdi
Sport
−
17 aprel 2575 1 daqiqa
Niderlandiya terma jamoasi va “Liverpul” klubi himoyachisi Virjil Van Deyk “mersisaydliklar” bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha niderlandiyalik futbolchining yangi shartnomasi borasidagi to‘liq tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ya’ni maoshi qanchaligi ochiqlanmagan.
33 yoshli himoyachi “Liverpul” safiga 2018 yilda kelib qo‘shilgan. Van Deyk joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 28 million yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Muhammad Saloh “Liverpul” bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi