Vetnamda ichida 53 kishi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Olam

image

Vetnamda bo‘ronli ob-havoda Wonder Seas sayyohlik kemasining ag‘darilishi oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Halokat Xanoydan 150 kilometr uzoqlikda, mamlakat shimolidagi mashhur sayyohlik maskani bo‘lgan Halong ko‘rfazida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning aksariyati poytaxtdan kelgan vetnamliklar bo‘lgan.

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlariga kuchli yomg‘ir to‘sqinlik qilmoqda, biroq ular allaqachon 11 kishini suvdan qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Kemada 48 yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Baxtsiz hodisaga to‘satdan yuzaga kelgan momaqaldiroq va kuchli shamol sabab bo‘lgan. Qurbonlarning jasadi, jumladan, sakkiz nafar bola halokat joyi yaqinida topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning Bali orollari yaqinida ichida 60 dan ortiq odami bo‘lgan KMP Tunu Pratama Jaya paromi cho‘kib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

V'etnam Wonder Seas sayyohlik kemasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing