Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

O‘zjan Deniz “Qizil g‘unchalar” seriali s’yomkasi paytida yurak xurujini boshdan kechirdi

Madaniyat-san’at

image

“Istanbullik kelin”, “Suv va olov”, “Ishkomli uy” seriallaridagi rollari bilan o‘zbek teletomoshabinlarining ko‘nglidan joy olgan 52 yoshli turkiyalik aktyor va qo‘shiqchi O‘zjan Deniz yurak xurujiga uchradi. Bu haqda “Turkiye” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 17 fevral kuni aktyor “Qizil g‘unchalar” serialida suratga tushayotgan bo‘lgan va shu paytda yurak xurujini boshdan kechirgan.  Birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng u shifoxonaga olib ketilgan. O‘zjan Denizga angiografiya o‘tkazilgan va u davolanish uchun uyiga yuborilgan.  Ma’lum qilinishicha, Deniz ikki hafta ichida yana shifoxonaga boradi va yuragidagi tomiriga stent o‘rnatiladi.

Bir muddat o‘tgandan so‘ng aktyor Instagram sahifasidagi storisida ahvoli hozirda yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

“Avvalo, meni o‘ylab, qo‘ng‘iroq qilib, so‘rab, xabar bergan barcha do‘stlarim va yaqinlarimga minnatdorlik bildiraman. Ertalab tasvirga olish maydonchasida infarktni boshdan kechirdim. Shifokorimning yondashuvi va sevgilimning g‘amxo‘rligi tufayli bu ortda qoldi. Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman, hammasi joyida”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

yurak xuruji O'zjan Deniz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing