“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ning jarimaga tortilishi apellyatsiya kengashida ko‘rib chiqiladi
3-sahifa
−
22 avgust
2058Avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda qonunbuzilish holatlari aniqlanib, moliyaviy jarima qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur xabar yuzasidan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ holatga munosabat bildirdi.
Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali (bo‘linmasi) tomonidan temiryo‘l vokzali (stansiyalari) bo‘ylab 2023 yil davomida 606 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirilgan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning bildirishicha, “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari”ning 147-bandida “Shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi chiptaning to‘liq qiymati, ushbu poyezdlarni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq amaldagi xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi, O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi”, deb belgilangan.
“Ma’lumot o‘rnida, mazkur filial shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar chipta narxi 8 yil mobaynida o‘zgarishsiz qolgan bo‘lib, hozirgi kunda “Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishi 12 000 so‘m qilib belgilangan. Lekin har bir yo‘lovchi uchun tashish xarajati 30 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlar yuqoridagi narx bilan umuman qoplanmaydi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Farg‘ona filiali tomonidan moliya boshqarmasida chiptaning tarif qiymati tasdiqlatilgan bo‘lib, vositachilik yig‘imi (3 000 so‘m) tashuvchi tomonidan mustaqil belgilangan. Mazkur holatda Farg‘ona filiali tomonidan yo‘lovchilardan asossiz pul undirilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan xabar Qo‘mitaning apellyatsiya kengashida yoki sudda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi