O‘zbekistonliklarning o‘rtacha daromadi 21,8 mln so‘mga yetdi
Jamiyat
−
04 noyabr 8051 1 daqiqa
2025 yilning yanvar–sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi jon boshiga umumiy daromad 21,8 million so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu vaqt mobaynida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 825,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,4 foizni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 116,1 foiz, real o‘sish sur’ati 106,3 foiz darajasida qayd etilgan.
Hududlar kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi:
- Toshkent shahri – 52 mln so‘m
- Navoiy viloyati – 32,1 mln so‘m
- Buxoro viloyati – 26 mln so‘m
- Xorazm viloyati – 22,8 mln so‘m
- Toshkent viloyati – 21,9 mln so‘m
- Andijon viloyati – 19,4 mln so‘m
- Farg‘ona viloyati – 18,5 mln so‘m
- Samarqand viloyati – 18,1 mln so‘m
- Sirdaryo viloyati – 17,2 mln so‘m
- Jizzax viloyati – 17,1 mln so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 17 mln so‘m
- Surxondaryo viloyati – 16,5 mln so‘m
- Namangan viloyati – 15,8 mln so‘m
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 14,8 mln so‘m
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda ish haqi o‘rtacha 6 million so‘mga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.