O‘zbekistonlik qiz Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan ilk qilichbozga aylandi

Sport

image

Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida qatnashayotgan Dilnoz Murtazoyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qayd etilishicha, Dilnoz Murtazoyeva Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik qilichbozga aylandi. 17 yoshli sportchi hozirgina yakunlangan yarim final jangida janubiy koreyalik Injeong Choiga imkoniyatni boy berdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga ko‘tarilmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan dzyudochi Diyora Keldiyorova BAA vakili Birshelt Xorlodoini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada u XIX Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni O‘zbekistonga hisobiga yozib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qilichbozlik Dilnoz Murtazoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing