Qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Sport
−
03 dekabr 2024 3540 1 daqiqa
Toshkent 2027 yil qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qiladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtda o‘tkazilgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressida 2027 yilgi kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati O‘zbekistonga ishonib topshirildi.
Rejaga ko‘ra, musobaqa 20-28 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) kongressida rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tashkilot prezidentligiga saylangani xabar qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust