O‘zbekistonlik bokschilar Olimpiadada 3 ta kumush medalni naqd qildi

Sport

image

Parij shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarining boks bahslari tobora o‘z poyoniga yetmoqda. Hozirga kelib 3 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Olimpiada finaliga chiqishni uddaladi.

-51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov, -92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov Parij Olimpiya o‘yinlarining oltin medali uchun ringga chiqadi.

6 avgust kungi dasturda esa -71 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev final yo‘llanmasiga ega chiqdi. U final yo‘lida AQSH vakili Omari Jonesni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qayd etish joiz, yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov va Abdumalik Xalokov Olimpiya o‘yinlarining yarim final janglarida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing