O‘zbekistonga turistlar ko‘proq qayerdan keladi?
Jamiyat
−
23 Oktabr 2024 8049 1 daqiqa
2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan eng ko‘p turistlar tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.
Turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- Tojikiston – 1,6 mln nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
- Qozog‘iston – 1,1 mln nafar;
- Rossiya – 609,7 ming nafar;
- Turkmaniston – 120,4 ming nafar;
- Turkiya – 84,3 ming nafar;
- Xitoy – 50,4 ming nafar;
- Hindiston – 48,6 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;
- Italiya – 30,3 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p turistik maqsadlarda Qirg‘izistonga borgani aytilgandi. Statistika agentligiga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan.