O‘zbekistonga eng ko‘p mol go‘shti yetkazib bergan davlatlar ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18:47 524 1 daqiqa
O‘zbekiston joriy yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan 359,5 mln AQSH dollarlik 72 ming tonna mol go‘shtini import qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, import hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 ming tonnaga yoki 9,1 foizga oshgan.
2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga eng ko‘p mol go‘shti yetkazib bergan davlatlar quyidagilar bo‘lgan:
- Hindiston – 33,9 ming tonna;
- Belarus – 19,6 ming tonna;
- Qozog‘iston – 10,6 ming tonna;
- Pokiston – 4 ming tonna;
- boshqa davlatlar – 4 ming tonna.
Shu tariqa, O‘zbekiston bozoridagi mol go‘shti importining asosiy qismi Hindiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bir oyda go‘sht narxi 8 foizgacha qimmatlashgani haqida ma’lumot berilgan edi.
Live
Barchasi