Özbekistondan Qirğizistonga ötgan qişloqdagi uylarga hujjat berildi

Olam

−

image

Qirğizistonning Botken viloyatidagi Qora-Jontak qişloğida yaşovçilarga 295 ta xonadon uçun davlat hujjatlari topşirildi. Mazkur qişloq Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş natijasida Özbekiston tarkibidan Qirğizistonga ötgan. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, uy-joylarga oid davlat hujjatlari mahalliy hokimiyat vakillari iştirokida aholiga topşirilgan. Avvalroq, qişloq aholisi Qirğiziston fuqaroligini tasdiqlovçi pasportlarni ham olgan. Ayni vaqtda Qora-Jontakda 1,2 ming nafarga yaqin kişi istiqomat qiladi

Hozirda qişloq infratuzilmasini rivojlantiriş işlari olib borilmoqda. Xususan, qiymati 38 million qirğiz somi bölgan 14 kilometr uzunlikdagi içimlik suvi tarmoği qurilişi boşlangan. Şuningdek, qişloqni suğoriş suvi bilan ta’minlaş uçun 316 million somlik loyiha tayyorlangan. Uni yaqin vaqt içida amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, qişloqda ijtimoiy ob’ektlar qurilişi ham közda tutilgan. Maktab uçun 1,76 gektar, bolalar boğçasi uçun esa 0,6 gektar yer maydoni ajratilgan.

Ma’lumot uçun, Qora-Jontak 2024 yilda Özbekistonning Farğona viloyati tarkibidan Qirğizistonning Botken viloyati Qadamjoy şahri yurisdiksiyasiga ötkazilgan. Bu ikki davlat örtasidagi çegara masalalarini hal qiliş böyiça hukumatlararo komissiya kelişuvi doirasida amalga oşirilgan.

Şuningdek, joriy yilning iyun oyida Farğona viloyatida joylaşgan sobiq özbek qişloqlari – Çonğara va Toş-Töbo ham Qirğiziston tarkibiga ötgan. Ularda jami 2,5 ming nafarga yaqin aholi yaşaydi. Buning evaziga Qirğiziston Özbekistonga çegara hududidagi maydoni teng yer uçastkalarini topşirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonning Farğona viloyati tarkibida bölgan Çönğara va Toş-Tepa qişloqlarini Qirğizistonga rasman topşiriş böyiça taşkiliy-texnik işlarni boşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing