O‘zbekistondan Isroilga parvozlar tiklandi
Olam
−
28 iyun 3074 1 daqiqa
Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshirilishni boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” xabar berdi.
“2025 yilning 1 iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, Isroilning Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli joriy yilning 16 iyunidan 30 iyunigacha Toshkent – Tel-Aviv– Toshkent yo‘nalishidagi reyslar vaqtincha to‘xtatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat sababli ushbu davlatlarning havo hududi yopilishi oqibatida Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga qaytayotgan hojilarning parvoz vaqtlari uzaygani haqida xabar berilgandi.