O‘zbekistonda jazoni o‘tash shartlari o‘zgardi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, 117-moddaning (Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Mahkumlar yil mobaynida:

•    olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;

•    o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv;

•    o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov;

•    o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega”;

119-moddaning (Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Mahkumlar yil mobaynida:

•    besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;

•    sakkiz marta telefon orqali so‘zlashuv;

•    sakkizta posilka yoki yo‘qlov;

•    sakkizta banderol olish huquqiga ega”;

121-moddaning (Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Mahkumlar yil mobaynida:

•    to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;

•    olti marta telefon orqali so‘zlashuv;

•    oltita posilka yoki yo‘qlov;

•    oltita banderol olish huquqiga ega”;

123-moddaning (Turmalarda jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Qamoqxonalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:

•    to‘rt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;

•    to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;

•    to‘rtta posilka yoki yo‘qlov;

•    to‘rtta banderol olish huquqiga ega”;

125-moddaning (Tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tash shartlari) uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:

•    yigirma to‘rt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;

•    yigirma to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;

•    o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov;

•    o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega”;


Maqola muallifi

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing