O‘zbekistonda yil boshidan beri 32 ming oila ajrashib ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketdi. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda mahallalardagi ijtimoiy muhit va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha yechim topilishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, yil boshidan 32 mingga yaqin oila ajrashib ketgani, 16 ming ota-ona aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgani, oilasi va bolalarini kredit qarzlari bilan tashlab ketish holatlari uchrayotgani, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning salbiy oqibatlari barchani – hokimlar, “mahalla yettiligi”, nuroniylar, butun jamoatchilikni qattiq tashvishga solishi kerakligi qayd etildi. 

Oila qurish bu – nafaqat o‘zi, balki turmush o‘rtog‘i va farzandlari oldidagi katta mas’uliyat ekanini yoshlarga tushuntirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ajrimlarda taraflar, ayniqsa, farzandlar og‘ir moddiy ahvolga tushishining oldini olish uchun nikoh shartnomasi tuzishning afzalliklarini targ‘ib qilish lozimligi ta’kidlandi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki 6 oyida 23,3 ming er-xotin ajrashgan. Ajralishlarning aksariyati shaharlarda qayd etilgan. 14,1 ming er-xotin (60,6 foiz) shaharda, 9,2 ming juftlik qishloq joylarda ajrashgan (39,4 foiz). Hududlar kesimida eng ko‘p nikohdan ajrashish holati Toshkent shahrida (1,5 ming), Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida (1,2 mingtadan) kuzatilgan. Nikohdan ajralish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich (310 ta) Navoiy viloyatida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev mahalla ajrashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing