O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar eng ko‘p sodir etayotgan jinoyatlar aytildi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda 2025 yilning 12 oyida voyaga yetmaganlar tomonidan asaosan bezorilik va firibgarlik jinoyatlari sodir etilgan. Bu haqda Kriminologiya tadqiqot instituti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida voyaga yetmaganlar tomonidan 3 266 ta jinoyatga qo‘l urilgan bo‘lib, jami jinoyatlarning 2,1 foizini tashkil etgan. Jinoyatlardan 78,2 foiz  – 2,554 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan, 9,8 foiz – 321 tasi aniqlanadigan, 12 foiz – 391 tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlar. 

Voyaga yetmaganlar tomonidan qo‘l urilgan jinoyatlarning asosiy salmog‘i (65,5 foiz) 5 ta hudud:

  • Toshkent shahri (634 ta);
  • Farg‘ona (482 ta);
  • Namangan (371 ta);
  • Toshkent (345 ta);
  • Samarqand (308 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning har ikkinchisi o‘g‘rilik (1 313 ta) jinoyati. Shuningdek, 84 ta firibgarlik, 193 ta bezorilik, 87 ta talonchilik, 68 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 68 ta transport vositasini olib qochish, 36 ta nomusga tegish, 17 ta bosqinchilik, 15 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat voyaga etmaganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing