O‘zbekistonda to‘qqizta tijorat banki jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Markaziy bank 9 ta tijorat bankini jarimaga tortdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 34 ta, xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (9 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish (1 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (6 ta), auditorlarga malaka sertifikatini berish (2 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (13 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Shu bilan birga, banklar va to‘lov tashkilotlarida Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari (15 ta masala) ham muhokama qilingan.

Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 16 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Shuningdek, ustav kapitalining miqdori “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqlashtirilmagani sababli 4 ta bankning ayrim operatsiyalari cheklangan.

Amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablariga rioya qilinmagani va aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 9 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made