O‘zbekistonda “Madaniy loyihalar milliy operatori” tashkil etiladi
Jamiyat
−
22 iyul 1193 1 daqiqa
O‘zbekistonda xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda sohada zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 17 iyul kuni imzolagan “Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 270-sonli qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi (Milliy operator) tashkil etiladi.
Milliy operatorga xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish doirasida quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
- jamoat tartibini ta’minlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmatlaridan bepul foydalanish;
- Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar doirasida O‘zbekistonga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklarni 2030 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod etish.
Shuningdek, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini kelgusi yildan boshlab har 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi. Milliy operator mazkur festivalga tashkiliy-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilangan.
Live
Barchasi