O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 300 nafardan oshdi
Jamiyat
−
05 aprel 2020
14160O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 12 nafarga ortib, 310 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Oxirgi tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi