O‘zbekistonda koronavirusdan 3 kishi vafot etdi. Bemorlar soni keskin ortmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2022 yilda koronavirus bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etildi. Kechaning o‘zida birdaniga 3 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi. Yangi bemorlar soni esa kundan kunga keskin ortmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Kecha mamlakatda 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan so‘ng ilk o‘lim holati qayd etilgan. 

6 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 251 nafarga ortib, umumiy bemorlar soni 199758 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
•    9 nafari Andijon viloyatida;
•    4 nafari Buxoro viloyatida;
•    8 nafari Jizzax viloyatida;
•    3 nafari Navoiy viloyatida;
•    3 nafari Namangan viloyatida;
•    36 nafari Samarqand viloyatida;
•    1 nafari Sirdaryo viloyatida;
•    2 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    5 nafari Farg‘ona viloyatida;
•    12 nafari Xorazm viloyatida;
•    47 nafari Toshkent viloyatida;
•    120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Andijon viloyatida 11 nafar;
•    Buxoro viloyatida 4 nafar;
•    Jizzax viloyatida 5 nafar;
•    Navoiy viloyatida 2 nafar;
•    Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
•    Farg‘ona viloyatida 1 nafar;
•    Xorazm viloyatida 11 nafar;
•    Toshkent viloyatida 13 nafar;
•    Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 196851 (+93) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1488 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida joylashgan Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi Jonlantirish bo‘limi boshlig‘i Begali Hakimov QALAMPIR.UZ’ga o‘tgan yilning dekabr oyida birgina u xizmat olib borayotgan shifoxonada 28 kishi vafot etganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing