O‘zbekistonda blekaut tugagani e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Bu haqda Energetka vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda “To‘raqo‘rg‘on” issiqlik elektr stansiyasidan tashqari barcha elektr stansiyalarning ish faoliyati tiklangan.

Bugun, 27 yanvar kuni soat 16:00 dan respublikaning barcha hududlariga elektr energiyasi yetib borgan.

“Mamlakatimizda gaz ta’minoti hozircha to‘liq tiklanmaganini inobatga olgan holda, sizdan sabr-toqatli bo‘lishingizni, elektr energiyasi uzilishlarini oldini olish uchun ehtiyojdan tashqari elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

“Konets sveta”

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing