O‘zbekistonda ayollar ko‘proq umr ko‘ryaptimi yoki erkaklar?

Bu qiziq

image

2025 yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 72,9 yoshni qayd etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar erkaklarga qaraganda o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rmoqda va mamlakatda umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha ayollar yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakat aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan. Bunda o‘rtacha yoshning eng kichik yosh ko‘rsatkichi Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri kelib, 27,4 yosh deb qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, uzoq umr ko‘ruvchilarning 66,3 foizi ayollar, 34,6 foizi erkaklar ekani aniqlangandi. Mamlakatda 90 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolar soni esa 18 915 nafarni tashkil etgan. Ularning 56,5 foizi shahar, 43,5 foizi esa qishloq joylarda yashaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing