O‘zbekistonda 1-sinfga qabul qachondan boshlanishi e’lon qilindi
Jamiyat
−
12 iyun 2025 8327 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul joriy yilning 20 iyunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikrohudud doirasida;
- 2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikrohududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishi mumkin.
“Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.
Qayd etish joiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarga hujjatlarni qabul qilish boshlangani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025