O‘zbekistonda hokimliklar uchun yangi binolar quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolar quriladi. Bu haqda “Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari o‘rnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi hukumat qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, Prezidentning “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” 2025 yil 1 apreldagi qaroriga muvofiq:

  • tegishli tuman (shaharlar)ning 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlari;
  • bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Yangi ma’muriy binolar foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.

Tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida:

  • buyurtmachilar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilandi;
  • bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

Bunda yangi ma’muriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026 yil 1 dekabrga qadar yakunlash belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda hokimlarning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokimlik bino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing